26 Iyul 2022 yil 416

Guliston tumanda noqonuniy qurol aniqlandi.  

Olingan maʼlumotga ko‘ra, Sirdaryo viloyati IIB TvaEQKB va Guliston tumani IIB masʼul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida 1948 yilda tug‘ilgan, Guliston tumanida yashovchi A.Kning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 1 (bir) dona, bir stvolli, 1959 yilda ishlab chiqarilgan V41444-raqamli “TOZ-16” rusumli ov qurolini hech qanday hujjatlarsiz saqlanayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech