28 Aprel 2022 yil 606

Guliston shahrida yer oldi sotdisi bilan bog’liq firibgarlik jinoyatining oldi olindi...

Hozirgi kunda yer oldi sotdisi bilan bog‘liq jinoyatlar tez-tez uchrab turibdi.Guliston shahrida shu kabi firibgarlikning oldi olindi. Olingan tezkor maʼlumotlarga asosan fuqaro Malikov hamda Eshqulovlar Guliston shahri yaqinidan turar-joy qurish uchun yer uchastkasini qonuniy asoslarda xarid qilish istagi borligini maʼlum qilganida, fuqaro Jo‘rayev ularga Guliston tumani mevazor mahallasi hududida joylashgan dehqonchilik qilish uchun ajratilgan 0,25 sotixli ekin yer maydonining 0,10 sotixini  har bir sotixi uchun 1500 AQSH dollaridan hisoblab jami 15,000 aqsh dollariga sotmoqchi ekanligini maʼlum qilgan. Mo‘may daromad olishni ko‘zlagan fuqaro Jo‘rayev Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan so‘ralgan 15,000 AQSH dollaridan 4000 AQSH dollarini avans sifatida olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan  xolislar ishtirokida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro Jo‘rayevga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech