10 Avgust 2023 yil
1760
Guliston shahrida yana bir o‘g‘irlik jinoyati sodir etildi.
1997 yilda tug‘ilgan, Guliston tumani, Yulduz MFYda yashovchi A.N, 2005 yilda tug‘ilgan Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Samarqand quduq MFYda yashovchi F.Sni Guliston shahar, 4-mavzedagi xonadoniga olib borib, uni mast holatga keltirib, 400.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro A.Nga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-m 3-q “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “Qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati