16 Fevral 2022 yil 346

Guliston shahrida “Xavfsiz xonadon”, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 02 aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-sonli qaroriga muvofiq “Xavfsiz xonadon”, “Xavfsiz hovli” tizimlari asosida, Sirdaryo viloyati tajribasi sifatida  Sirdaryo viloyati IIB rahbariyatining tashabbusi bilan “Xavfsiz shaxsdan – Xavfsiz jamiyat sari” tizimi joriy etildi. Unga ko‘ra har bir mahalla kesimida 32 toifa asosida quyidagi shaklda fuqarolarning ro‘yxatlari shakllantirildi; Jumladan:

1.     Ilgari sudlanganlar bilan tizimli ishlarni o‘tkazish.

2.     Oila-turmush doirasida huquqbuzarlik sodir etganlar shaxslar ro‘yxati tuzilib, hududiy MFY raisi va  imom xatiblar ishtirokida profilaktik suhbatlar o‘tkazish.

3.     Maʼmuriy nazoratda turgan shaxslar bilan ishlash.

4.     Hal etilmagan o‘zaro qarzdorligi mavjud fuqarolar bilan ishlar tashkil etish.    

5.     O‘ziga nisbatan qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslar bilan ishlash.

6.     Kelishmovchilik yoki nizosi mavjud oilalar, qo‘ni-qo‘shnilar, fuqarolar bilan tizimli ishlar olib borish.     

7.     Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan ishlash.

8.     Ikki yoki undan ortiq ayollar bilan turmush qurib yashab kelayotgan erkaklar ro‘yxatlari tuzilib, ular bilan tizimli ishlarni olib borish.     

9.     Muntazam ravishda tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan shaxslar bilan ishlash.

10.   Muntazam spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarning ro‘yxatlari tuzilib, ular bilan  sog‘liqni  saqlash xodimlari, imom xatiblar ishtirokida profilaktik suhbatlar o‘tkazish.

11.  Agressiv xulq-atvorga ega, muntazam janjal va nizoga sabab bo‘ladigan fuqarolar bilan ishlash.

12.  Giyohvandlikka chalingan shaxslar bilan ishlash.

13.  MJtK ning 84-moddasi bilan jinoyat ishini rad etilgan shaxslar bilan ish olib borish.

14.  Zaxarvandlikka chalingan shaxslar (taksikaman) bilan ishlash.

15. Ruhiy kasallar bilan ishlash.  

16.  Probatsiya ro‘yxati bo‘yicha jazo o‘tayotgan mahkumlar bilan tizimli ishlar tashkil etish.

17.  Turmushidan ota-onasinikiga qaytib kelgan, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ro‘yxatlarini yuritib, MFY raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda otinoyilar ishtirokida profilaktik suhbatlar o‘tkazish. 

18.  Probatsiya xizmati ro‘yxatidan shartli ozod qilinib, ro‘yxat hisobida turganlar bilan ishlash.

19.  Turmush o‘rtog‘i uzoq muddatga ishlagani chiqib ketgan yolg‘iz ayollar bilan ish olib borish.

20.  voyaga  yetmagan  huquqbuzarlar bilan Guliston shahar Xalq taʼlimi muassasasi xodimlari hamda inspektor psixolog ishtirokida tadbirlar o‘tkazish.

21.  Nosog‘lom turmush tarzini kechirayotgan shaxslar (fohishaxona saqlovchilar, qo‘shmachilar, daydilar va h.k) bilan ishlash.

22.  Ota-onasi uzoq muddatga ketgan voyaga yetmaganlar bilan ishlash.

23.  Odob-axloq doirasida huquqbuzarlik sodir etganlar shaxslar bilan tizimli ishlar tashkil etish.        

24.  Farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi ota-onalar bilan MFY raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ishtirokida ishlarni tashkil etish.

25.  Yo‘nalishli va yo‘nalishsiz haydovchilar (taksistlar) to‘planadigan joylarda Soliq bo‘limi xodimi ishtirokida ishlar olib borish.

26. Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya  muassasasidan qaytganlar bilan ishlar olib borish.

27. Qarovsiz qolgan uylar va xavfsizligi taʼminlanmagan do‘konlar bo‘yicha     Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash xizmati yordamida qo‘riqlash ishlarini tashkil qilish.

28. Yakka yolg‘iz yashovchi qariyalar bilan hududiy MFY raisining obodonlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari hamkorligida tadbirlar o‘tkazish.

29. Tadbirkor, daromadi yuqori aholi qatlami bilan tegishli tadbirlarni o‘tkazish.        

30.  Kam taʼminlangan, nochor oilalar bilan mahallada  tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish  bo‘yicha hokim yordamchisi ishtirokida ishlarni amalga oshirish.

31.  Ishsizlar, “profilaktik hisobda turuvchi shaxslar” bilan  Bandlik xodimi ishtirokida ularning bandligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash.

Ushbu tizimni amalga oshirish maqsadida joriy yilning  yanvar oyida viloyatimiz markazi Guliston shahrida tajriba tariqasida Sirdaryo viloyati IIB hamda  Guliston shahar IIB xodimlari, Milliy gvardiya, shuningdek Guliston shahar Oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, MFY raislari, MFY raislarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va boshqa tegishli hamkor tashkilot va idora, obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik bo‘yicha o‘rinbosarlari, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchilari, mahalla raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari, imom xatib hamda otinoyi, xalq taʼlimidan  biriktirilgan masʼul hamda inspektor psixolog, Milliy gvardiya tizimidan biriktirilgan masʼul xodim, shahar Soliq bo‘limi hamda Bandlik bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruhlari Guliston shahrida joylashgan 24 ta MFY larga profilaktika inspektori boshchiligida biriktirildi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yuqoridagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan toifadagi shaxslar tomonidan jinoyat hamda huquqbuzarliklar sodir etmaslik, jamiyatga zid bo‘lgan turmush tarzini to‘xtatish maqsadida ularning yashash manzillarida profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmasliklari yuzasidan rasmiy ogohlantirish xatlari olindi.

Bundan tashqari joriy yilning 15 fevral kuni Guliston shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari tomonidan tajriba tariqasida Guliston shahrida joriy etilgan mazkur tizimning samaradorligini oshirish, ish faoliyatini tizimli tashkil etish yuzasidan shahardagi 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida navbatdagi taqdimot tadbiri o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqanlar Guliston shahrida tajriba tariqasida joriy etilayotgan 32 toifadagi shaxslar bilan ishlash tizimi samaradorligi mexanizmi tahlil qilinib, erishilgan natijalar, MFY larda aniqlangan muammoli holatlar, ularni bartaraf etishda ishchi guruhlar hamjihatligini oshirish, bu boradagi ishlarni tashkil etishda manfaatdor idora va tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, bu boradagi ish tajribasi ko‘lamini yana-da kengaytirish, o‘zaro axborot almashinuvini yana-da jadallashtirish kabi masalalar yuzasidan topshiriqlar berilib, bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

 Guliston shahar IIB HPB

Text to speech