6 Iyul 2022 yil 305

Guliston shahrida tayinlangan jazodan boʻyin tovlagan shaxs ozodlikdan mahrum etildi.

Guliston shahar IIB JXX Probatsiya boʻlinmasi hisobida turgan 1989-yilda tugʻilgan Guliston shahrida yashovchi, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlanib, JIB Olmaliq shahar sudi tomonidan 2 yil 2 oy 8 kun muddatga Axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan nazorat ostidagi shaxs A.A olib borilgan tezkor tadbirlar davomida oʻziga tayinlangan jazodan boʻyin tovlab, sud tomonidan qoʻyilgan taqiq va cheklovlarni buzib, Axloq tuzatish ishi jazosini buzib ishlashdan boʻyin tovlab kelganligi aniqlanib, unga nisbatan Guliston shahar IIB JXX Probatsiya guruhi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, 2022-yil 14-iyun kuni JIB Guliston shahar sudiga taqdimnoma kiritildi va sud tomonidan taqdimnoma qanoatlantirilib, nazoratdagi shaxs A.A 2 yil 2 oy 3 kunga ozodlikdan mahrum etilib, jazoni ijro etish muassasasiga qaytarildi.

 Sirdaryo viloyati IIB JXX Probatsiya boʻlimi

Text to speech