11 Noyabr 2022 yil 725

Guliston shahrida sodir etilgan oʻgʻirlik jinoyati fosh etildi.

Guliston shahar IIBga ariza bilan Guliston shahar, Bahor MFYda yashovchi I.G murojaat qilib, arizasida nomaʼlum shaxs yashash uyi hovlisidan umumiy narxi 2.000.000 soʻmlik, 4 dona temir trubalarni oʻgʻirlab, jami 2.000.000 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazganligini maʼlum qilgan. Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni 1981-yilda Guliston shahrida tugʻilgan M.Oʻ sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyolar olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan fuqaro M.Oʻga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-m 3-q “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech