12 May 2022 yil 389

Guliston shahrida sodir etilgan jinoyat Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i huzurida muhokama etildi.

Yurtboshimizning jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan qarorlaridan kelib chiqib, haftaning payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”-deb eʼlon qilinganligi sababli, viloyat hududida bugun jinoyatchilikni jilovlash borasida profilaktik ishlar tashkil etildi.

Xususan, mahallalarda yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, uyushmagan yoshlarni bandligini taʼminlash, nazoratsiz yurgan voyaga yetmagan shaxslarni aniqlab, ular bilan manzilli profilaktik ishlarni tashkil etish maqsadida profilaktika inspektorlari mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda xizmatni olib bormoqda.

Sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlari o‘rganilib, keng aholi orasida muhokama etilmoqda. Xususan 2022 yil aprel oyida Guliston shahri “Obod yurt” mahallasida sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyat Guliston shahridagi Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Husanovich Bo‘ronov boshchiligida keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etilib, jinoyatning kelib chiqish sabab va sharoitlari o‘rganildi. Tan jarohati bilan bog‘liq hamda oila turmush doirasidagi jinoyatlarni oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, muhokamada Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i hozirgi kunda fuqarolarimizni firibgarlar tuzog‘iga tushib qolayotganligi alohida taʼkidlab o‘tdi. Misol uchun noqonuniy yer oldi-sotdisi hamda bank plastik kartochkalaridan pul yechish holatlari kabi jinoyatlar soni ortganini eslatib o‘tdi.

Yoshlar orasida tez tez uchrab turgan turli xildagi tarkibida psixotrop va giyohvandlik moddalari bo‘lgan dori vositalari oldi-sotdisi , isteʼmolini oldini olishga qaratilgan ishlarga barcha birdek masʼuliyat bilan yondashishi kerakligi haqida ham aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi

Text to speech