21 Aprel 2022 yil 350

Guliston shahrida og‘ufurushlar qo‘lga olindi.

Olingan tezkor xabarga asosan joriy yilning 14 aprel kuni viloyat IIB JQB, DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan tezkor tadbirda ism shariflari shartli o‘zgartirilgan Olimbek ismli shaxs tadbirga xaridor sifatida jalb etilgan “Sharif ismli shaxs bilan Guliston shahar hududida uchrashib, maxsus kukun bilan ishlov berilgan 600.000 so‘m miqdordagi pullarni olib, giyohvandlik vositasini olganidan so‘ng, uchrashishlikka kelishib, 14 apreldan 15 aprel kuniga o‘tar kechasi soat 01-30 da Olim va Sharif ismli shaxslar bilan Guliston shahrida uchrashib, marixuana giyohvandlik vositani bergan vaqtida ushlanib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganda, uning o‘ng oyog‘ining paypog‘i ichida 1 dona 2.000 so‘m pulga o‘ralgan yashil rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi marixuana giyohvandlik vositasiga o‘xshash vosita ashyoviy dalil sifatadi olingan.

Shuningdek, “Sharif ismli shaxs Olimbekdan 600.000 so‘m pul evaziga sotib olgan, qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, yashil rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, taxminan og‘irligi 2-3 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasini taqdim etgan.

Shundan so‘ng, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Olimbek marixuana giyohvandlik vositasiga o‘xshash vositani 1965 yilda tug‘ilgan, Sirdaryo tumanida yashovchi Sherali ismli shaxsdan sotib olib berganligi aniqlanib, ushbu xonadon xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, Sherali ismli shaxsdan maxsus kukun bilan ishlov berilgan 530.000 so‘m pullar, xonadonidan qog‘oz bo‘laklari va sellofan paketga joylashtirilgan, jami og‘irligi taxminan 150-200 gramm bo‘lgan, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, yashil rangli, quruq holatdagi marixuana giyohvandlik vositasiga o‘xshash vositalar va tomorqaning beda o‘simliklari orasiga yashirib qo‘yilgan, yog‘och qutiga joylashtirilgan 53 dona sellofan bo‘lakchalardan 8 dona taxminan uzunligi 3-5 sm uzunlikdagi nasha giyohvandlik o‘simligiga o‘xshash parvarishlangan o‘simliklari borligi aniqlanib tadbir ishtirokchilari hamda xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Text to speech