25 Iyul 2022 yil
686
Guliston shahrida noqonuniy qurol saqlash holati aniqlandi.
Olingan maʼlumotga ko‘ra, Guliston shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida 1967 yilda tug‘ilgan, Guliston shahrida yashovchi Z.Aning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tegishli ruxsatnomasiz 1 dona 1 stvolli, 5.6 kalibrli, №14289 raqamli “TOZ-16” rusumli o‘qotar ov qurolini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan O‘z.Res JKning 248-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati