15 Dekabr 2021 yil 524

Guliston shahrida noqonuniy pirotexnika vositalari aniqlandi.

Joriy yilning 11 dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB, Guliston shahar IIB JTSB xodimlari va sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda Pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida Sirdaryo viloyati Mirzobod tumani Oqoltin MFYda yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro J.J Guliston shahar Ulug‘ yo‘l MFY Toshkent yo‘li ko‘chasida jami 31 dona DNEPR FR-4106” 18 dona, “ROBAN Candle” 2 dona, “RARADI GB” 5dona, “FLYINO COLOU” 2 dona, “MIBE CAKE JSB-10425” 2 dona pirotexnika vositalarini noqonuniy ravishda 1500.000 so‘mga sotayotgan vaqtda xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan Guliston shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB

Text to speech