5 Iyul 2022 yil 639

Guliston shahrida giyohvand o‘simliklarini yetishtirish holati aniqlandi.

Olingan maʼlumotga ko‘ra, Guliston shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, 1952 yilda tug‘ilgan, Guliston shahrida yashovchi L.Vning yashash uyi tomorqasi ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 2 tup, bo‘yi taxminan 70-80 sm uzunlikda bo‘lgan “nasha” giyohvandlik o‘simliklari ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan O‘z.Res JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech