Guliston shahrida avtomashina ichidan pullar o‘g‘irlandi.
1989 yilda tug‘ilgan, Guliston tumani, H.Olimjon MFYda yashovchi fuqaro S.m muqaddam sodir etgan jinoyatlari uchun bir necha marotaba sudlanib, jazo muddatini o‘taganligiga qaramasdan qayta jinoyat sodir etish yo‘liga kirib, Guliston tumani, Chortoq MFYda yashovchi fuqaro V.J o‘ziga tegishli bo‘lgan “Daewoo” rusumli avtomashina ichida Guliston shahar, Shodlik MFY hududida joylashgan shahar hokimiyati yaqinida dam olib uxlab qolganligidan foydalanib, avtomashinasi ichida bo‘lgan fuqaro V.Jga tegishli bo‘lgan bir dona qora rangli “Redmi 9 pro” rusumli telefon apparatini hamda 300.000 so‘m miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab olib ketib, “Redmi 9 pro” rusumli telefon apparatini Guliston shahar, Taraqqiyot MFY hududida joylashgan eski dehqon bozoriga olib borib, mazkur telefon apparatini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, fuqaro X.Aga 350.000 so‘m evaziga sotib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro S.mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-m 3-q “a” bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati