Guliston shahar IIO FMB da nazorat ostida turuvchi shaxslarga ochiq sayyor sud boʻlib oʻtdi.
2021-yil 20-avgust kuni JIB Guliston shahar sudining sudyasi I.Qoraboyev va M.Omonovlar raisligida, sudya yordamchilari I.Esonboyev va Sh.Boʻronovlar, shahar prokurori katta yordamchisi F.Doniyarov, Guliston shahar IIO FMB Probatsiya guruhi inspektori katta leytenant A.M.Tursunovlar ishtirokida ochiq sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi. Sayyor sud majlisida Guliston shahar IIO FMB Probatsiya guruhida hisobda turgan 21 nafar mahkumlar va jamoatchilik vakillaridan 8 nafari ishtirok etdi.
Sayyor sud majlisida koʻrilgan masala: 2021-yil 20-yanvar kuni JIB Sirdaryo viloyati Sayxunobod tuman sudining hukmiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, har oylik ish xaqqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga undirib borish sharti bilan 1 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan, hozirgi kunda axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan, 1976-yilda tugʻilgan mahkum B.U, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 2019-yil 14-avgust kuni JIB Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman sudining ajrimiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 74-moddasiga asosan oʻtalmay qolgan 2 yil 8 oy 11 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi, shu muddatga har oylik ish xaqqining 20% ni davlat daromadiga undirib borish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan, hozirgi kunda axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan 1980-yilda tugʻilgan mahkum J.V, 2021-yil 16-aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya sudlov hayʼatining ajrimiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 481-moddasi (169-moddasi 1-qismi)ga asosan JIB Guliston shahar sudining 2021-yil 24-martdagi ajrimi bekor qilinib, oʻtalmay qolgan 9 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosini davom ettirish belgilangan, hozirgi kunda ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan 1987-yilda tugʻilgan mahkuma M.D, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, 2019-yil 03-aprel kuni JIB Sirdaryo viloyati Sardoba tuman sudining ajrimiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 74-moddasiga asosan oʻtalmay qolgan 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi, shu muddatga har oylik ish haqqining 15% ni davlat daromadiga undirib borish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan, 1979-yilda tugʻilgan mahkum T.N, 2019-yil 11-oktyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Sirdaryo viloyati Guliston shahar sudining hukmiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanib, tungi soat 2200dan tongi soat 0600gacha yashash xonadonini tark etishi cheklangan holda 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 62-moddasi tartibida 3 yil 7 oy 14 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilgan, 1974-yilda tugʻilgan mahkum A.B, 2019-yil 11-oktyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Sirdaryo viloyati Guliston shahar sudining hukmiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanib, tungi soat 2200dan tongi soat 0600gacha yashash xonadonini tark etishi cheklangan holda 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 62-moddasi tartibida 3 yil 7 oy 14 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilgan, 1990-yilda tugʻilgan mahkum O.M hamda 2019-yil 02-oktyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Sirdaryo viloyati Guliston shahar sudining hukmiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanib, sutkaning kech soat 22:00 dan ertalab soat 06:00ga qadar yashash joyidan chiqishni taqiqlash yoʻli bilan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi JKning 62-moddasi “a” bandiga asosan 3 yil 7 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilgan, 1988-yilda tugʻilgan mahkum X.Jlar jazo muddatini ijobiy oʻtab, ish va yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligini inobatga olgan holda, Guliston shahar sudining sudyasi I.Qoraboyev va M.Omonovlar yuqoridagi 7 nafar mahkumlarning har biri bilan alohida-alohida suhbatlashib, sodir etgan jinoyati yuzasidan pushaymonligi xaqida soʻrab, oʻtalmay qolgan muddatlaridan shartli ravishda ozod etilayotganliklarini tushuntirib, kelgusida yaʼni shartlilik muddati davri davomida yangi jinoyat sodir etadigan boʻlsalar, jazo tayinlashda yangi jinoyat bilan tayinlangan jazoga qoʻshib xisoblanishi xaqida batafsil gapirib oʻtdi va yuqoridagi mahkumlarning barchasini Oʻz.Res. JKning 73-moddasiga asosan shartli ravishda ozod etdi.
Shuningdek, jazo oʻtashdan boʻyin tovlagan 2020-yil 16-sentyabr kuni JIB Guliston shahar sudining ajrimiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 46-moddasi (74-moddasi, 169-moddasi 3-qismi “a” bandi, JKning 59-moddasi 8-qismi) ga asosan oʻtalmay qolgan 2 yil 6 oy 12 kun axloq tuzatish ishlari jazosi, shu muddatga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan, 1984-yilda tugʻilgan mahkum M.Bning oʻtalmay qolgan ozodlikni cheklash jazosi, shu muddatga Oʻzbekiston Respublikasi JKning 481-moddasiga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Guliston shahar IIO FMB Probatsiya guruhi