Guliston shahar IIBda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Q.Quranbayev rahbarligida 2023-yilning 19-iyul kuni o‘tkazilgan “Yoshlar o‘rtasidan jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishning yangi tizimini yaratish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi”da berilgan topshiriqlar va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan 2023-yil 30-martdagi 10/3/05-sonli qo‘shma qarorida berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha Guliston shahar IIB masʼul xodimlari tomonidan bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Muhokama davomida IIB masʼul rahbarlariga kelgusida voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab berildi.
Muhokama yakunida IIB masʼul rahbarlari va tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolariga vazifa va topshiriqlari belgilab berilib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xar hafta yakunida tanqidiy muhokama qilib borilishi belgilab olindi.