12 Sentyabr 2022 yil 278

Guliston shahar IIB tergov-tezkor guruhi bilan situatsion oʻquv amaliy mashgʻuloti tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 07 sentabr kunidagi tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 10 sentabr kunidan 10-oktabr kuniga qadar Ichki ishlar organlari tizimlarida oʻtkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida, xodimlarning jangovar va oʻz ixtisosligiga oid boshqa vazifalarni bajarishda zarur boʻladigan jismoniy sifatlarini talab darajasida saqlash, yanada rivojlantirish xamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan mohirona foydalanish koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida Guliston shahar IIB tergov-tezkor guruhi bilan situatsion oʻquv amaliy mashgʻuloti tashkil etilib, oʻquv mashgʻulotlari davomida sodir etilgan oʻgʻrilik jinoyatida IIO xodimlarining birinchi navbatda amalga oshirishi lozim boʻlgan ishlari va vazifalariga alohida eʼtibor qaratilib tergov-tezkor guruhi kasbiy va amaliy faoliyatlariga baho berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech