5 Noyabr 2021 yil 350

Guliston shahar IIB boshligʻining aholiga murojaati.

Assalomu alaykum, hurmatli shahrimiz fuqarolari va mehmonlari!

Guliston shahrida jinoyatlarning katta-kichikligidan qatʼiy nazar raqamga emas, sifatga hamda fuqarolarning har bir murojaatiga alohida eʼtibor qaratilib, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligi hamda qonun buzilish holatlariga tezkorlik bilan munosabat bildirilib, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlarni barvaqt oldini olish ishlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda davom ettirilmoqda.

2021-yilning oktyabr oyi davomida ham Guliston shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, jinoyatdan jabrlangan shaxslarni huquqlarini tiklash, yetkazilgan zararlarni oʻrnini qoplash va har bir qilmish uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan bir qator samarali ishlar amalga oshirildi.

2021-yilning oktyabr yakuni boʻyicha kriminogen vaziyat toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtsam. Ushbu davrda qayd etilgan jinoyatlarning salmoqli qismi, oʻgʻirlik va firibgarlik jinoyatlari tashkil etib, yuqoridagi jinoyatlar asosan bozor hududlarida, savdo doʻkonlarida, yoʻlovchi avtomashinalarda, oʻquv maskanlarida va boshqa hududlarda sodir etilmoqda.

Oʻgʻirlik jinoyati xonadon va savdo shahobchasiga gʻayriqonuniy ravishda kirish orqali yoki fuqarolarimiz tomonidan oʻzlariga tegishli avtomototransport vositalarini ochiq holda qarovsiz qoldirishlari, shuningdek bozorlar, koʻchalar va savdo shaxobchalarida yurgan vaqtida yonidagi mulklariga nisbatan, shu bilan birga hayvonlar, velosipedlar va shu kabi boshqa mulklarini yashash xonadonlari va ochiq maydonlarida xavfsiz saqlanishiga eʼtiborsiz munosabatda boʻlib kelayotganliklari oqibatida sodir etilmoqda.

Misol uchun Guliston shahar IIBga fuqaro Gʻ.E murojaat qilib, Guliston shahar, Taraqqiyot MFY hududida joylashgan “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” Sirdaryo filiali binosi oldida qarovsiz qoldirilgan, oʻnga tegishli boʻlgan Lasetti rusumli avtomashinasi eshiklari ochiq qolganligidan foydalanib, avtomashina salondan ichida 2.350 AQSH dollari boʻlgan erkaklar sumkasi oʻgʻirlab ketgan.

Firibgarlik jinoyati usuli boʻyicha tahlil qilinganida, salmoqli qismi avtomashina olib berish, uy-joy va yer oldi-sotdisi, ishga kiritib qoʻyish, oldi-berdi munosabatlari hamda oʻziga tegishli uyali telefon apparati va boshqa mulkini foydalanib olishi uchun notanish shaxs qoʻliga ishonib topshirishi bilan bogʻliq holda sodir etish holatlari koʻplab uchramoqda.

Jumladan; Guliston shahar IIBga fuqaro S.T murojaat qilib, tanishi X.N “Redmi Note 8» rusumli uyali aloqa vositasini 2.000.000 soʻmga baholab, sotib olib, pullarni bermasdan aldab, uyali aloqa vositasini oʻzga shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Shuningdek, fuqaro K.A IIBga murojaat qilib, fuqaro I.K va boshqalar tomonidan uy-joy qurish uchun deb Guliston tumani, Zarbdor MFY hududidagi A.Temur fermer xoʻjaligiga qarashli 370-A va 370-konturidagi yer maydonidan 0,06 ga yer maydoni ajratilganligi haqidagi qarorini qalbakilashtirib, yer maydonini 5.700 AQSH dollariga sotib, pullarni oʻzining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishganligini maʼlum boʻlgan.

Shu bois,

- fuqarolarimiz firibgarlar tuzogʻiga ilinmasligi uchun oʻz haq-huquqlarini himoya qilishini,

- oʻz mulkini begona shaxslar qoʻliga ishonib topshirmasligini,

- har qanday oldi-berdi munosabatini notarial tartibda rasmiylashtirishlarini,

- oʻzlariga tegishli avtomototransport vositalarini ochiq holda qarovsiz qoldirmasliklarini,

- egnidagi kiyimida boʻlgan mulklariga ehtiyotkor boʻlishlarini,

- shuningdek, oʻgʻirlik jinoyati qurboniga aylanmasliklari uchun hayvonlar, velosipedlar va shu kabi boshqa mulklarini xavfsiz joyda saqlanishiga va qimmatbaho buyumlarini jamoat joylarida unitib qoldirmasliklariga alohida eʼtibor berishlarini,

- shu bilan birga, atrofda boʻlayotgan har qanday voqea
va hodisaga befarq munosabatda boʻlmasliklarini, ogoh va xushyor boʻlishlarini soʻrab qolamiz.

Shu oʻrinda, yuqoridagi holatlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarga barham berish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni jilovlashda barchamiz birdek masʼul ekanligimizni ham eslatib turadi.

Hurmatli fuqarolar sizlarni hamisha ogoh va hushyor boʻlishga chorlab qolamiz. Salomat boʻling!

Text to speech