14 Avgust 2021 yil 699

Guliston shahar idoralararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.

Guliston shahar prokuraturasida voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Guliston shahar idoralararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Guliston shahar prokurori Sh.E.Artikbayev, idoralararo komissiya aʼzolari hamda bugungi kunda voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilgan huquqbuzarlik harakatlari uchun maxsus hisobda turgan voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Yigʻilishda soʻzga chiqqan shahar prokurori B.E.Artikbayev bugungi kunda yurtimizda yoshlarini, jumladan voyaga yetmaganlarni barkamol, vatanparvar, yuksak maʼnaviyatli qilib tarbiyalash borasida barcha imkoniyat eshiklari ochib berilganligi, ulardan samarali foydalanish tizimi haqida tadbir ishtirokchilariga batafsil maʼlumotlarni berib oʻtdi. Ayni vaqtda oʻzlari bilib-bilmay gʻayri-ijtimoiy harakatlarni sodir etib, maxsus roʻyhatga olingan voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari uchun prokuratura tizimi, qolaversa idoralararo komissiya tomonidan ularning toʻgʻri yoʻlga oʻtishlarida kerakli huquqiy maslahatlar, shu bilan birga sogʻlom turmush tarzini olib borishlari uchun barcha imkoniyatlardan foydalangan holda yordam koʻrsatilishi, ular davlat tomonidan har tomondan qoʻllab-quvvatlanishi toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Tadbirda idoralararo komissiya aʼzolari, ota-onalar, halq taʼlimi vakillari, voyaga yetmaganlarning fikr-mulohazalari eshitilib, bildirilgan takliflar oʻrganib chiqish uchun qabul qilindi.

Guliston shahar IIO FMB

Text to speech