17 Iyun 2022 yil 272

Guliston shahar IIBda “Intizom oyligi” doirasida IIV masʼul xodimi boshchiligida ishlar jadal surʼatlarda davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 07 iyun kunidagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 135-sonli Farmoyishiga asosan joriy yilning 16 iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshligʻining oʻrinbosari hamda IIV masʼul xodimi tomonidan Guliston shahar IIBda quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

Joriy yilning 16 iyun kuni soat 08:30da Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshligʻining oʻrinbosari, IIV masʼul xodimi hamda Guliston shahar IIB boshligʻi rahbarligida shahar IIB shaxsiy tarkibi bilan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda IIV masʼul xodimi tomonidan IIVning 2022 yil 7 iyun kunidagi 135-son Farmoyishi asosida, Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash maqsadida “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi” oʻtkazilishi belgilanganligi shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi. Masʼul xodim tomonidan ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish samaradorligini oshirish, ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq, umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan, yot va buzgʻunchi gʻoyalarga murosasiz kurashuvchi, iymon-eʼtiqodi va irodasi mustahkam, maʼnaviyatli va fidoyi, ajdodlarimiz va mardlik koʻrsatib halok boʻlgan xodimlarning bebaho merosiga tayanib yashaydigan barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ular qalbida davlat va xalqimizning xavfsizligini taʼminlashda shaxsiy daxldorlik va yuqori masʼuliyat hissini shakllantirishni taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, yigʻilish davomida Guliston shahar IIBda xizmat olib borib, el yurt osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda, yuklatilgan xizmat vazifalariga toʻliq yondashib, kasb mahoratini namoyon etib, boshqa hamkasblariga namuna boʻlib kelayotgan xodimlar ragʻbatlantirildi.

Tekshiruv davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan Guliston shahar IIB xodimlarining yashash xonadoniga tashrif buyurilib, xodimlarning oila aʼzolari bilan suhbatlar oʻtkazildi. Suhbat davomida xodimlarning muammo va kamchiliklari tinglanib, IIV masʼul xodimi tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, tashrif davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Bundan tashqari masʼul xodimlar Guliston shahar 2-sonli IIB maʼmuriy binosiga tashrif buyurib, navbatchilik qismi, profilaktika inspektorining xizmat xonasi, ish hujjatlari va xizmat faoliyati bilan tanishib chiqdilar.

Tekshiruv mobaynida xodimlarning xizmat faoliyatlari va bilim saviyalari nazorat tartibida tekshirildi hamda xodimlarga xizmat intizomiga rioya qilish, xizmat joyini tashlab ketmaslik, fuqarolar bilan qoʻpol munosabatda boʻlmaslik va korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yoʻriqnomalar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech