27 Aprel 2022 yil 227

Guliston shahar IIB M va FRB masʼul xodimlari tomonidan maktablarda 16 yoshga to‘lgan o‘quvchilarga identifikatsiya ID-karta olishlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda  

Mamlakatimizda axborot tizimini jadal rivojlantirish, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, turli axborot tizimlarida va masofaviy xizmat ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini joriy etish, ko‘zda tutilgan.

Maktabda 16 yoshga to‘lgan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida PF 6065-son Farmoni qabul qilinganligini shu asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun, o‘z ixtiyoriga ko‘ra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilishi uchun imkoniyatlar yaratilganligi tushuntirildi.

Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi  chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan  manzildagi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilishlari aytildi:

Guliston shahar ichki ishlar  boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirib berish ishlari jadal olib borilmoqda.

Text to speech