Guliston Davlat Universitetida “Gender tenglik-davr talabi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Guliston Davlat Universiteti Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti va viloyat IIB hamkorligida “Gender tenglik-davr talabi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Guliston davlat universiteti xotin qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Nigora Sultonova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nargiza Sherqulova, fakultet professor o‘qituvchilari va talaba qizlari, viloyat IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi podpolkovnik Saida Abduhamidova, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Gulnoza Mirzabekovalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida Sirdaryo viloyati IIBdan tashrif buyurgan Saida Abduhamidova tomonidan OITS haqida atroflicha maʼlumotlar berib o‘tildi. Talaba qizlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi. Viloyat IIB HPB boshlig‘i o‘rinbosari Gulnoza Mirzabekova O‘zbekistonda Gender tenglik siyosati va «Xotin –qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risi” dagi O‘zbekiston Respublikasining 561-sonli qarori va uning ijrosi Sirdaryo viloyati kesimida to‘laqonli yoritib berildi. Tadbirda fakultet “Qizlar klubi” faoliyatini yorituvchi klub aʼzolarining chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot uyg‘otdi. Tadbir so‘ngida taassurotlari to‘g‘risida Guliston davlat Universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Nigora Sultonova ijobiy fikrlar bildirdilar.