7 Mart 2022 yil 256

Guliston davlat universitetida Axborot texnologiyalari fakultetida “Yoshlar orasida jinoyatchilikka qarshi kurashish” bo‘yicha o‘quv seminari bo'lib o'tdi

Yig‘ilishni fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.B.Ergashev ochib berdi va so‘zni Sirdaryo viloyati IIB JQB masʼul xodimi podpolkovnik S.Abdulxamidovaga berdi.

S.Abdulxamidova: voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida 2021 yil 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha maʼlumot berdi. Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 487 ming 748 nafar bo‘lib, hudud aholisining 58 foizini, shundan 260 ming 086 nafarini voyaga etmaganlar tashkil qiladi. Joriy yilning 12 oyi davomida 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar jami 329 tani yani o‘tgan yilning shu davriga nisbatan (344) 15 taga yani 4.4 foizga kamaygan.

Xotin-qizlar orasida jinoyatchilikni hamda tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish borasida podpolkovnik Gulnoza Mirzabekova gapirib o‘tdi. Qizg‘in bahs munozara va savol javoblar ostida o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Text to speech