Guliston shahrida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusidagi maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.
Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida maxsus o‘quv kurslari boshlandi.
Oʻquv kurslarini sifatli hamda samarali tashkil etish maqsadida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi boshqarma boshligʻi, 2-darajali adliya maslahatchisi F.P.Hayitboyev, ushbu Markaz bosh mutaxassisi D.Sh.Rahmatjonova, shuningdek, Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Xalqaro huquq va inson huquqlarini himoya qilish kafedrasi oʻqituvchisi, yuridik fanlari falsafa doktori B.T.Kadirova, IIV Akademiyasi “Jazoni ijro etish faoliyati” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori, podpolkovnik Q.B.Qodirov va IIV Malaka oshirish institutining “Yuridik fanlari” kafedrasi katta oʻqituvchisi podpolkovnik O.S.Subanov tashrif buyurishib, o'quv kurslariga jalb etilgan tergov yo’nalishidan 10 nafar , tezkor qidiruv hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo’nalishlaridan 20 nafardan, jami 50 nafar xodimlar, shuningdek, viloyat prokuraturasi hamda sud organlarining bir qator xodimlariga “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida o’z bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashishdi.
Jumladan, o’quv kursi davomida ishtirokchilarga “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, asosiy tamoyillar”, “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning mazmun- mohiyati”, “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar”, Qiynoqqa qarshi konvensiyaga fakultativ protokoli, “Qiynoqlarning oldini olishga oid milliy preventiv mexanizmlar: xalqaro tajriba va milliy amaliyot”, “Nelson Mandela qoidalarining mazmun-mohiyati”, “Voyaga yetmaganlar va ayollarga oid xalqaro va milliy standartlar” mavzularida professor-o‘qituvchilari ma’ruzalar o‘qishdi.
Shundan so’ng, ishtirokchilarning mavzu doirasidagi bilim va tajribalarni yanada boyitish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar o‘tilmoqda.
Maxsus o‘quv kursi mashg‘ulotlari davom etmoqda.