Guliston shahrida "Yoshlar jinoyati va huquqbuzarligidan xoli mahalla nominatsiyasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-may kunidagi 150-sonli farmoyishiga asosan yoshlar jinoyati va huquqbuzarligidan holi mahalla nominatsiyasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyat va huquqbuzarliklarni keskin kamaytirishi, yosh avlod qalbida jinoyatchilikka qarshi kurashish immunitetini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan nominatsiyada shahar-tuman bosqichlaridan saralab olingan 1 tadan mahalla faollari yig‘ini yettiliklari jamoalari ishtirok etishib, nizom talablari asosida bellashdilar.
Hakamlar hayʼati jamoalarni ijtimoiy profilaktika obyektlari to‘liq qamrab olinganligi, yoshlar bandligi taʼminlanganligi, yoshlarning kasb-hunarga o‘qitilganligi mahallada yoshlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va sport tadbirlarining o‘tkazilganligi kabi qator mezonlar asosida baholab borishdi.
Nominatsiya yakuniga ko‘ra faxrli 3-o‘rin Boyovut tumani "Amir Temur" mahallasi jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, faxrli 2-o‘rinni Guliston shahar “Ibratli” mahallasi jamoasi qo‘lga kiritdi. Hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt bartaraf etib, kelajak egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Yangiyer shahar "Zahiriddin Muhammad Bobur" mahallasi jamoasi nominatsiya g‘olibi deya eʼtirof etildi hamda Respublika bosqichiga yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
G‘olib va sovrindorlar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.