23 Sentyabr 2023 yil 1891

Guliston shahri va Mirzaobod tumanida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston shahrining “Bog‘ishamol” va “Taraqqiyot” MFY hamda Mirzaobod tumani “M.Ulug‘bek” MFYda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hudud metodikasini yaratish bo‘yicha ijtimoiy va kriminogen vaziyat o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklari tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yuzasidan qo‘shma qaror qabul qilingan edi.

Shundan kelib chiqib, IIV Akademiyasi masʼullari tomonidan Guliston shahar va Mirzaobod tumanida oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar sodir etilgan, “qizil” toifaga tushgan mahallalarda jinoyatchilikning oshib ketish sabablari, ularga imkon bergan shart-sharoitlar va hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy yondashuv asosida manzilli tadbirlar olib borib, natijalari yuzasidan tegishli xulosalar qabul qilib, mahallalarda xizmat olib borayotgan “beshlik” vakillariga o‘zlarining asoslantirilgan tavsiyalarini berdilar.

Text to speech