9 Oktyabr 2021 yil 414

Guliston Akademik litseyida „Giyohvandlik umr zavoli“ mavzusida tadbir oʻtkazildi.

Sirdaryo viloyat IIB HPB ning 2021-yil 08-oktyabr kungi „Oʻqituvchi va talabalar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish“ tezkor-profilaktik tadbirini tashkillashtirish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi ijrosini taʼminlash yuzasidan Guliston Akademik litseyida talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Yigʻilish viloyat Narkologiya dispanseri, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa mutasaddi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda yoshlarga giyohvandlik bilan bogʻliq jinoyatlar soni yildan yilga koʻpayib borayotganligi, giyohvandlik -bu umr zavoli ekanligini, yoshlar orasida har xil psixotrop dori vositalarini isteʼmol qilish bilan bogʻliq holatlar ham afsuski ortib borayotganligi yuzasidan talaba yoshlarga batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. Viloyat narkologiya dispanseri xodimlari tomonidan giyohvandlikning ayanchli oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari oʻtkazilgan boʻlsa, ichki ishlar xodimlari tomonidan ushbu jinoyatchilikka qarshi Jinoyat kodeksida belgilangan jazo choralari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida talaba yoshlarga giyohvandlikning oqibatlari toʻgʻrisidagi tarbiyaviy ahamiyatga ega videomateriallar namoyish etildi.

Guliston shahar IIB

Text to speech