24 Aprel 2024 yil 3462

Guliston shahar IIBda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIBning 2024-yil 20-aprel kunidagi 46-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash borasida Guliston shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, 2024-yil 23-aprel kuni korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonunbuzilish holatlarining asosiy qismi fuqarolar tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarlik uchun chora ko‘rmaslik, jazoni yengillashtirish, to‘plangan hujjatlarni qasddan sudga yubormaslik kabi harakatlarda namoyon bo‘layotganligi ta’kidlanib, asosan Ichki ishlar organlari xizmatiga yangi qabul qilingan yosh xodimlar o‘rtasida korrupsion jinoyatlarni oldini olish borasidagi ishlar yanada jadallashtirildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari hamda aholi o‘rtasida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida, Guliston shahar IIB va uning quyi tizimlari ma’muriy binolarida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan targ‘ibot burchagi tashkil etilib, korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishni aks ettiruvchi buklet va flayerlar tayyorlandi hamda har bir xodimning xizmat xonasida bo‘lishi ta’minlandi.

Shuningdek, Guliston shahar Ichki ishlar boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar tomonidan qo‘l ostidagi xodimlari va ularning oila a’zolari o‘rtasida “Poraxo‘rlik va tamagirlik – Vataniga, xalqiga, kasbiga va oilasiga xiyonatdir” degan g‘oyani ilgari surgan holda tarbiyaviy-profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

 Guliston shahar Ichki ishlar boshqarmasi

Text to speech