Guliston shahar IIBda “Korrupsiya jamiyat kushandasi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik S.B.Djabarov tomonidan 2024 yil 3 dekabr kuni Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni barvaqt oldini olish hamda xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha tarkibiy va hududiy Ichki ishlar organlari xodimlari bilan o‘tkazilishi belgilangan yig‘ilishlar jadvaliga asosan, 2024 yilning 4 dekabr kuni Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Q.X.Shermatov hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari ishtirokida Guliston shahar IIBda xizmat olib boruvchi xodimlar bilan “Korrupsiya jamiyat kushandasi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar hozirgi kunda xodimlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar haqida so‘z olib borib, yaratilayotgan shunday keng imkoniyatlarga qaramasdan o‘z nafsining qurboniga aylanib korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yayotgan, IIO xodimi degan sharafli nomga dog‘ tushirayotgan xodimlar ham uchrab turganligini afsus bilan taʼkidlab, xodimlardan xizmat faoliyati davomida qonuniylikka amal qilishlari, belgilangan meʼyoriy buyruq talablari asosida ish olib borishlari, fuqarolar bilan bo‘lgan suhbat jarayonida xushmuomala va vazmin bo‘lishlari yuzasidan tushunchalar berilib, tadbir yakunida xodimlarga “Respublikamiz miqyosida korrupsion holatlar bilan bog‘liq” videorolik namoyish qilindi.