16 Oktyabr 2024 yil 217

Guliston shahar IIB xodimlari uchun psixoprofilaktik tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning "Aholi bilan ishlaydigan har bir xodimning ijtimoiy psixologik portretini yaratish amaliyotini joriy qilish va uning asosida manzilli tarbiyaviy ishlarni tashkil etish" to‘g‘risidagi ko‘rsatmasiga binoan, Sirdaryo viloyati IIB psixologlari tomonidan Guliston shahar IIBda faoliyat olib borayotgan xodimlaring individual- psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir psixoprofilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda xizmat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan stressli vaziyatlardan chiqish, ruhiy barqarorlikka erishish bo‘yicha mutaxassis tavsiyalari berildi. Bu kabi keng qamrovli profilaktik tadbirlar ularning intizomli, vazifasiga nisbatan yana-da masʼuliyatli bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech