10 Noyabr 2021 yil 374

Giyohvandlik vositasini 7.000.000 soʻm pulga sotayotgan shaxs qoʻlga olindi.

Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan, Guliston shahar hududida oʻtkazilgan “Nazorat ostida olish” tadbiri davomida, Guliston tumanida yashovchi fuqaro S.A giyohvandlik vositasini oʻtkazish maqsadida Guliston shahar, Bogʻishamol MFY, Quruvchilar koʻchasida J ismli shaxsga qora rangli polietilen paketdagi 2 litr hajmdagi idishga solingan, marixuana giyohvandlik vositasini 7.000.000 soʻm pulga sotishga kelishib, maxsus ishlov berilgan 7.000.000 soʻm pul evaziga giyohvand moddasini sotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlanib, daliliy ashyolar olingan. EKBning xulosasiga koʻra, J ismli shaxsdan olingan oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi oʻsimlik moddasi tarkibida faol giyohvand modda, tetragidrokannabinol mavjud boʻlib, marixuana deb atalishi va sof ogʻirligi 150 grammga tengligi koʻrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 273-m 5-q bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech