26 Iyul 2022 yil 547

Giyohvand o‘simliklarini yetishtirish bilan bog‘liq yana bir holat Sirdaryo tumanida aniqlandi.

Olingan maʼlumotga ko‘ra, Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, 1975 yilda tug‘ilgan Sirdaryo tumanida yashovchi S.Gning yashash uyi tomorqasi ko‘zdan kechirilganda,tomorqasida 49 tup, bo‘yi taxminan 20-50 sm uzunlikda bo‘lgan “ko‘knori” giyohvandlik o‘simliklari ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan O‘z.Res JKning 270-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech