18 Iyun 2022 yil 236

Fuqarolik masalalarida fuqarolarimizning huquqiy bilimi oshirilmoqda

Joriy yilning 16 iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va Sirdaryo viloyati, Guliston  tumanida joylashgan 40-sonli manzil koloniyasi xodimlari bilan hamkorlikda, mazkur manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida, mahkumlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6065 sonli Farmonning mazmun mohiyati to‘liq tushuntirib berildi, identifikatsiya ID-karta O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib berilishi, ID-karta O‘zbekiston Respublikasining mulki va uning egasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasidaligi, ID-karta, maʼlumotlarni yig‘ish punkti tomonidan fuqarolarga, yangi tug‘ilgan 1 yoshgacha bo‘lgan go‘daklarga – 2 yil muddatga, ota-onalar, vasiylar (homiylar) ning ixtiyoriga ko‘ra, 1 yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga, ota-onalar, vasiylar (homiylar) ning ixtiyoriga ko‘ra, 16 yoshdan kattalarga – 10 yil muddatga berilishi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4079-sonli Qarori yuzasidan ham tushuntirib o‘tildi.

Jumladan, xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddatlari, xorijga chiqish biometrik pasportini asrab avaylash lozimligi, amal qilish muddati tugaganidan so‘ng xorijga chiqish biometrik pasporti, maʼlumotlarni yig‘ish punktiga topshirilishi lozimligi yuzasidan qo‘shimcha tushuntirilib o‘tildi.

 Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi

Text to speech