6 Oktyabr 2021 yil 397

Farmon va Qarorlar ijrosi amalda.

2020 22 sentabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6065-sonli farmonga asosan hozirgi kunda Shirin shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shirin shahar IIB M va FRGda fuqarolarimiz uchun qulay sharoitlar yaratilgan, jumladan, fuqarolarni kutish zallarida stullar va fuqarolarimiz tomonidan o‘zlari ariza anketalarini to‘ldirishlari uchun stol-stullar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqarilayotgan Qarorlar namunalari aks ettirilgan bannerlar, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish uchun konsalting xizmatlari tashkil qilingan. Yil boshidan Shirin shahridagi 320 dan ortiq fuqarolarga ID-kartalar bir ish kunida rasmiylashtirilib berilmoqda. Shu bilan birga fuqarolarimizning xorijga chiqishlari uchun 26.12.2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4079-sonli Qarori ijrosidan kelib chiqib shahar fuqarolariga xorijga chiqish pasportlari o‘rnatilgan tartibda rsamiylashtirilib berilmoqda. 2020yil 13 martda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi 696-sonli Qonunining 6-moddasi bilan 136 nafar Shirin shahrida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasini fuqarolik pasportini olish baxtiga muyassar bo‘ldilar. Bir so‘z bilan aytganda Shirin shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatidan shahar fuqarolari mamnun bo‘lishmoqda.

 

Text to speech