19 Avgust 2022 yil 423

“Eng yaxshi tergovchi” koʻrik tanlovi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 avgustdagi “Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 539-sonli qarori, IIVning 2022 yil 28 iyul kunidagi 2/2181-sonli hamda Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining 2022 yil 03 avgust kunidagi 2/3-1037-sonli koʻrsatmasiga asosan joriy yilning 10-11 avgust kunlari Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Eng yaxshi tergovchi” koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Ushbu koʻrik tanlov sport mashgʻulotlari, qoʻl jangi usullari, qurolni yigʻish va sochish, test sinovlari, xodimlarni psixologik darajasini aniqlash hamda yakka tartibda suhbat oʻtkazish bosqichlarida oʻtkazildi. Murosasiz va qizgʻin oʻtgan koʻrik tanlov yakuniga koʻra Sayxunobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tergovchisi kapitan Eshqulov Faxriddin Oʻrolboy oʻgʻli faxrli birinchi oʻrinni egallab “Eng yaxshi tergovchi” koʻrik tanlovida tengsiz deb topildi. Shuningdek, Guliston shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tergovchisi katta leytenant Turdiqulov Jamshid Arslonqul oʻgʻli ikkinchi oʻrinni va Sirdaryo tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi katta tergovchisi katta leytenant Sayfullayev Tohir Malik Narzulla oʻgʻli uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Koʻrik tanlov gʻoliblari “Eng yaxshi tergovchi” koʻrik tanlovining respublika bosqichiga yoʻllanmaga ega boʻldilar. Tashkil etilgan bu kabi tadbirlar har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga boʻlgan sadoqatini yanada mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.

Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi.

Text to speech