Yoshlarga eʼtibor
Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Z.J.Qayumov rahbarligida Maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Z.J.Qayumov, Tergov boshqarmasi kadrlar guruhi katta inspektori mayor A.A.Bekmurodov hamda boshqa masʼullar ishtirokida 2024 yil 27 fevral kuni Sirdaryo tumani Navro‘z mahallasida joylashgan 11-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining 9,10,11-sinf o‘quvchilari bilan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va ularning huquqiy ongini oshirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazilib, yig‘ilishda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va yoshlarga keyingi uchrashuvlarda milliy qadriyat va anʼanalarga hurmat, vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazilishi aytildi.