22 Avgust 2024 yil 1340

Yoshlar muammolari doim eʼtiborda.

Joriy yil mamlakatimizda yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili deb nomlanganligi munosabati bilan barcha tashkilot va idora shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan joylarda kelajak egalari ishtirokida Rahbar va yoshlar formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Ana shunday manzilli ochiq muloqotlardan biri Sirdaryo tumani Navro‘z mahallasida tashkil etildi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan hududdagi og‘ir toifaga kiritilgan yoshlarning oilaviy sharoiti,  taklif va tashabbuslari yaqindan o‘rganildi.

Shuningdek uchrashuv davomida yoshlarning taʼlim olish , qiziqishi doirasida kasb-hunarga o‘qish hamda bandlik yo‘nalishidagi takliflari faol qo‘llab-quvvatlandi.

Muloqot davomida aniqlangan muammolar , taklif va tashabbuslar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olinib masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi

Text to speech