27 Aprel 2022 yil 280

Ekspert-kriminalistika bo‘limi xodimlari tomonidan akademik litseyda o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

IIV Sirdaryo akademik litseyida joriy yilning 26 aprel kuni Sirdaryo viloyati IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limi xodimlari ishtirokida “Hujjatlarning kriminalistik tadqiqotlari tushunchasi, predmeti, tizimi va vazifalari” mavzusida qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Sirdaryo viloyati IIB ekspert kriminalistika bo‘limi bosh eksperti M.Sh.Mamajanov va bo‘lim katta eksperti kapitan Z.Sh.Arzikulovlar tomonidan o‘tilgan qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotida hujjatlar va xatlarning identifikatsiya xususiyatlari, tergov va tezkor harakatlarda ulardan foydalanish, qalbaki pul yasashni kriminalistik tadqiqot qilish hamda yozuv asosida identifikatsiya qilish to‘g‘risida o‘quvchilarga qiziqarli maʼlumotlar havola etildi. Qalbaki pul, qimmatli qog‘oz, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning qalbakisini xususiy va umumiy belgilaridan, shuningdek himoya belgilaridan aniqlash hamda ularni GEGULA komparatori, URB-7 mikroskopi va ultrabinafsha nurlari yordamida aniqlashni ko‘rsatib berishdi. Bu kabi mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ichki ishlar organlariga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirib, ularni kelajakda o‘z kasbiga sodiq, vatanparvar va yuksak salohiyatli  kadrlar bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz. 

Text to speech