Yechimini kutayotgan muammolar ijobiy hal etilmoqda
Aholi muammolarini tinglash, ularning dardu-tashvishiga sherik bo‘lish, muammolarini ijobiy hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish, bir so‘z bilan aytganda xalqni rozi qilish kabi ezgu ishlar davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov viloyat Xalq qabulxonasida navbatdagi qabulini o‘tkazdi.
Qabul jarayonida 6 nafar jismoniy shaxslarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlar asosan, yo‘l belgilarini o‘rnatish, pul oldi-berdi masalasi, ishga joylashish kabi aholini qiynayotgan masalalarni tashkil qildi.
Murojaatlarning har biri alohida nazoratga olindi. Shu kabi o‘tkazilayotgan qabullar xalqimizning hayotdan rozi bo‘lishi uchun yana-da keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi shubhasiz.