13 Oktyabr 2025 yil 35

YoSh MUTAXASSIS XODIMLAR BILAN UCHRASHUV

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15-aperldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5076-son qaroriga muvofiq, joriy yilning 11 aprel kuni Guliston shahar Ichki ishlar boshqarmasi Majlislar zalida IIV Akademiyasi professor o‘qituvchilari podpolkovnik T.S.Azimov hamda podpolkovnik M.R.Saidovlar ishtirokida Vazirlik Akademiyasini oxirgi 3 yilda tamomlab, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh mutaxassis xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Podpolkovnik T.S.Azimov ushbu uchrashuv hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan o‘zaro tajriba almashish, xodimlarning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, akademiyani oxirgi 3 yildagi bitiruvchilari faoliyatini monitoring qilish, ularning xizmat faoliyatida duch kelinayotgan muammolar hamda Akademiya taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha xodimlarning takliflarini umumlashtirish maqsadida tashkil etilayotganligini yetkazdi. Shundan so‘ng, shogird-ustoz anʼanalari asosida o‘zaro do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, IIV Akademiyasi professor o‘qituvchilari podpolkovnik T.S.Azimov hamda podpolkovnik M.R.Saidovlar Vazirlikning 2024 yil 25 iyundagi 345-son buyrug‘iga muvofiq, shahar-tuman IIO boshliqlariga biriktirilgan, Guliston shahridagi 8-sonli hamda Mirzaobod tumanidagi 21-sonli maktablariga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tashrif buyurishdi. O‘z navbatida, podpolkovnik M.R.Saidov o‘quvchilarni qonunga itoatkorlik va milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, huquqbuzarlikka toqatsizlik ruhida tarbiyalash yuzasidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Text to speech