DIQQAT! Sirdaryo viloyati IIB M va FRB ogohlantiradi!
Xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga ilova tarzda bir nechta oʻzgartirish kiritilgan.
Unga koʻra pandemiya munosabati bilan karantin joriy etilgan hududda vaqtincha boʻlish muddati tugagan xorijiy fuqarolarga, shuningdek, ularni qabul qilgan uy-joy egalari hamda mansabdor shaxslarga nisbatan karantin muddati tugagunga qadar Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzganligi uchun maʼmuriy choralar qoʻllanilmasligi belgilangan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-avgustdagi 549-sonli qaroriga asosan, mazkur band bekor qilinib chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, joriy yilning 10-sentyabrdan Respublikada boʻlish tartibini buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻrsatilgan tartibda javogarlikka tortiladilar.
Shu sababli, Respublika hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan 2021-yil 10-sentyabrga qadar vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishlarini soʻraymiz.
Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi