15 Oktyabr 2022 yil 5563

DIQQAT EʼLON ! Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlash hamda Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishidagi safdorlik lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi.

Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlash hamda Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishidagi safdorlik lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining amaldagi meʼyoriy buyruq talablari asosida Ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2022 yilning 21 noyabr kunidan 26 noyabr kuniga qadar 26 noyabr kuni ham соат 09.00 dan 17.00 ga qadar Sirdaryo viloyati IIB “Dinamo” sport majmuasiga quyidagi hujjatlarni aslini ko‘rsatgan holda murojaat etishlari mumkin:

 -biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (asli va nusxasi);

 -harbiy guvohnoma (asli va nusxasi);

-Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda, 086-forma).

 -3x4 o‘lchamdagi 6 ta, 9x12 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurat (bosh kiyimisiz);

-oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom) yoki oliy o‘quv muassasasida 

 -sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotganligi to‘g‘risida oliy o‘quv muassasasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma (asli);

Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishidagi lavozimlarga hujjat rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan nomzodlar quyidagi mutaxassisliklarga ega bo‘lishi talab etiladi.

-yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi taʼlim yo‘nalishi; -avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi mutaxassisligi;

-avtomobil yo‘llari va aerodromlar taʼlim yo‘nalishi;

-ko‘priklar, tunnellar va metropoliten qurilishi mutaxassisligi;

-avtomobil transporti, yo‘l qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi taʼlim yo‘nalishi;

-transport inshootlarining ekspluatatsiyasi taʼlim yo‘nalishi;

-qiymat injiniringgi taʼlim yo‘nalishi;

-shahar yo‘llari va ko‘chalari taʼlim yo‘nalishi;

-kasbiy taʼlim-avtomobil va aerodromlar;

-kasbiy taʼlim-transport vositalarini ishlatish va taʼmirlash taʼlim yo‘nalishi;

-menejment-avtotransport bo‘yicha taʼlim yo‘nalishi;

-marketing-avtotransport bo‘yicha taʼlim yo‘nalishi;

-transport vositalarini ishlatish va taʼmirlash taʼlim yo‘nalishi;

-tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi taʼlim yo‘nalishi;

-elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektrtexnologiyalari avtomobil transporti) taʼlim yo‘nalishi;

-xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha) taʼlim yo‘nalishi;

-xizmatlar sohasi (avtotransport bo‘yicha) taʼlim yo‘nalishi;

-ekologiya va atrof muhit muhofazasi (avtotransport bo‘yicha) taʼlim yo‘nalishi;

-bino va inshootlar qurilishi mutaxassisligi taʼlim yo‘nalishi;

-harakat xavfsizligini tashkil etish mutaxassisligi;

-Ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish mutaxassisligi;

-ko‘tarish, tashish va yo‘l qurilish mashinalari taʼlim yo‘nalishi;

-huquqiy taʼlim sohasi; harbiy taʼlim sohasi.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

 - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

 - Sirdaryo viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turishi;

 - Yoshi 18 dan kichik 30 dan katta bo‘lmagan (30 yoshdagilar ham) bo‘lishi;

 - Bo‘yi: 175 sm va undan yuqori bo‘lishi;

 - Oliy maʼlumotga ega yoki sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan bo‘lishi;

 - Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoki oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi.

Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi 

-dastlabki o‘rganish;

 -umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

 -intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash;

 -yakuniy suhbat.

(Tanlovda qatnashish uchun kelgan nomzodlarga tanlov tadbirlari bo‘yicha to‘liq tushuncha beriladi.)

Shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari dastlabki o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yakuniy suhbatsiz shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan taqdirda, xizmatga qabul qilinadi.

Quyidagi nomzodlar istisno tariqasida, tanlov tadbirlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod qilinadi hamda ularga ushbu bosqich bo‘yicha maksimal ball beriladi:

 - Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lganlar;

- Oliy taʼlim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar.

Bundan tashqari so‘ngi besh yil ichida respublika miqyosidagi sport musobaqasining g‘olibi bo‘lgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1-3 o‘rinlaridan birini egallagan sportchilar, istisno tariqasida, xizmatga faqatgina yakuniy suhbat asosida qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun telefon raqamlari: 67-343-52-80, 67-343-50-83, 67-343-50-73.

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Navoiy shox ko‘chasi, 199-uy (Dinamo sport majmuasi)

Mo‘ljal: ("Stomatologiya markazi" yonida)

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi.

Text to speech