15 Oktyabr 2022 yil 2642

DIQQAT EʼLON ! Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishidagi ofitserlik lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi.

Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishidagi ofitserlik lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining amaldagi meʼyoriy buyruq talablari asosida Ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2022 yilning 14 noyabr kunidan 19 noyabr kuniga qadar 19 noyabr kuni ham soat  09.00 dan 17.00 ga qadar Sirdaryo viloyati IIB “Dinamo” sport majmuasiga quyidagi hujjatlarni aslini ko‘rsatgan holda murojaat etishlari mumkin:

 -biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (asli va nusxasi);

 -harbiy guvohnoma (asli va nusxasi);

 -oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom) (asli va nusxasi);

 -Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda, 086-forma).

 -3x4 o‘lchamdagi 6 ta, 9x12 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurat (bosh kiyimisiz);

 Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

 - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

 - Sirdaryo viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turishi;

 - Yoshi 18 dan kichik 30 dan katta bo‘lmagan (30 yoshdagilar ham) bo‘lishi;

 - Bo‘yi: 165 sm va undan yuqori bo‘lishi;

 - Oliy maʼlumotga ega bo‘lishi;

 - Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoki oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi.

 Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi 

-dastlabki o‘rganish;

 -umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

 -intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional  barqarorlikni baholash;

 -yakuniy suhbat.

(Tanlovda qatnashish uchun kelgan nomzodlarga tanlov tadbirlari bo‘yicha to‘liq tushuncha beriladi.)

Shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari dastlabki o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorlikni baholash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yakuniy suhbatsiz shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan taqdirda, xizmatga qabul qilinadi.

Quyidagi nomzodlar istisno tariqasida, tanlov tadbirlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod qilinadi hamda ularga ushbu bosqich bo‘yicha maksimal ball beriladi:

 - Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lganlar;

- Oliy taʼlim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar.

Bundan tashqari so‘ngi besh yil ichida respublika miqyosidagi sport musobaqasining g‘olibi bo‘lgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1-3 o‘rinlaridan birini egallagan sportchilar, istisno tariqasida, xizmatga faqatgina yakuniy suhbat asosida qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun telefon raqamlari: 67-343-52-80, 67-343-50-83, 67-343-50-73.

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Navoiy shox ko‘chasi, 199-uy. “Dinamo” sport majmuasi

Mo‘ljal:  ("Stomatologiya markazi" yonida)

 Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi.

Text to speech