18 Sentyabr 2021 yil 527

DIQQAT, EʼLON! Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha tanlovda faol ishtirok eting.

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining 2021-yil 14-sentyabr kunidagi 136-sonli buyrugʻi bilan «Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi», «Eng yaxshi profilaktika inspektori», «Eng yaxshi tergovchi», «Eng yaxshi tezkor xodim» nominatsiyalari boʻyicha tanlovning hududiy bosqichini oʻtkazilishi belgilanib, «Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha tanlovning hududiy bosqichini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom» va eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha viloyat tashkiliy qoʻmitasi tarkibi tasdiqlandi.

Ushbu buyruqqa asosan:

-Joriy yilning 20-25-sentyabr kunlari tanlovning viloyat bosqichi oʻtkazilishi belgilandi.

-Tegishli nominatsiyalar boʻyicha ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik prinsiplari asosida aniqlash;

-Tanlovning hududiy saralash bosqichini oʻtkazish hamda gʻolib va sovrindorlarni aniqlash tartibi;

-Sinov natijalari asosida tashkiliy qoʻmitaning qarori bilan tegishli nominatsiyalar boʻyicha gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash tartibi hamda ularga beriladigan imtiyozlar belgilanib olindi.

Tanlovda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, tergov va tezkor-qidiruv faoliyati sohalarida kamida bir yil ish tajribasiga ega ichki ishlar organlarining xodimlari ishtirok etishi mumkin.

„Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi“ nominatsiyasi boʻyicha hududiy ichki ishlar organi rahbarlik lavozimlarida kamida 2 yil amaliy ish tajribasiga ega ichki ishlar organlarining xodimlari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovning hududiy bosqichi gʻoliblari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan xodimlar - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 va 3 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

Shu bois, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlarini ushbu tanlovda ishtirok etishlarini soʻraymiz.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech