5 Sentyabr 2024 yil 1223

"Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid" hamda "Korrupsiyaga qarshi kurashish" mavzularida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Bugun Guliston shahar 16-maktabida Guliston shahrida joylashgan 18 ta maktab direktorlari va 20 ta DMTT rahbarlari ishtirokida "Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid" hamda "Korrupsiyaga qarshi kurashish" mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Guliston shahar IIB boshqarmasi TQKG katta tezkor vakili, Tergov bo‘limi tergovchisi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Guliston shahar bo‘yicha xodimi hamda jami 45 nafar ishtirokchilar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda muhim qadam bo‘lganini taʼkidlab o‘tar ekan, qarorda yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga doir say-harakatlar samaradorligini takomillashtirish, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha mustahkam immunitetni shakllantirish masalalariga eʼtibor qaratilganini tushuntirdi.

Shu bilan birga rahbarlarga jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishda eng muhim jihatlaridan biri “Firibgarlik”, “O‘zgalar mulkini o‘g‘irlash”, “O‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilish”, “Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taʼqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish”, “O‘z joniga suiqasd qilish”, “Qasddan odam o‘ldirish”, “Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish”, “Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”, “Taqiqlangan o‘simlik yetishtirish” va shu kabi holatlar bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlar va qonunbuzarliklar hamda Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qo‘rquv uyg‘otishga qaratilgan siyosiy kurashning o‘ziga xos usuli ekanligi, ular yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshirilishi, terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uyg‘otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanishi, terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zo‘ravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan g‘oyaga asoslanib harakat qilishlari haqida tushuntirib o‘tildi.

Tadbir yakunida rahbarlarga qo‘shimcha tariqasida korrupsiyaga ilmiy adabiyotlarda quyidagicha, yaʼni, ”Korrupsiya—shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish” deb taʼrif berilganligi, korrupsiya atamasi lotincha «orruptio» so‘zidan olingan bo‘lib, pora berib sotib olish, buzilish, ishdan chiqish, axloqiy (maʼnaviy) buzilish degan maʼnolarni anglatishi, odatda mansabdor shaxs tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan, shuningdek, bu bilan bog‘liq rasmiy nufuz maqomidan, imkoniyatlar va aloqalaridan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va axloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatishi, jamiyatda korrupsiya oddiy xalq vakillarining yuqori amaldorlarga yoxud davlat amaldorlarining o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan munosabatidan kelib chiqishi, ushbu salbiy holatning har qanday ko‘rinishi jamiyatni halokat yoqasiga olib borishi muqarrar ekanligi, korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi xavfli omil ekanligi, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisa ekanligi taʼkidlab o‘tildi.

Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan rahbarlar o‘z mustaqil fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar.

Text to speech