Chorva mollarini oʻgʻirlagan oʻgʻri maqsadiga yetmasdan xodimlar tomonidan qoʻlga olindi
Guliston tuman Sharq haqiqati mahallasida yashovchi X.Djurayev Guliston tuman IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 04-avgust kuni soat taxminan 04:00 larda yashash xonadoni molxonasidan 1 bosh narxi 8.000.000 soʻmlik sigiri hamda 2 bosh jami narxi 7.000.000 soʻm boʻlgan buzoqlarini nomaʼlum shaxs oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilgan.
Guliston tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu chorva mollarini Guliston tumani chortoq mahallasida yashovchi A.A sodir etganligi aniqlangan.
tuman Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs chorva mollarini Guliston tumani hududida joylashgan mol bozorda sotayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qoʻlga olinib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.
Guliston tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan A.A nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.