11 Aprel 2022 yil 282

BUYUK ADIB SIYMOSIGA EHTIROM

Joriy yilning 11 aprel kuni “Maʼnaviyat oyligi” doirasida IIV Sirdaryo akademik litseyida istiqlol fidoyisi, milliy romanchiligimiz asoschisi, mashhur o‘zbek adibi Abdulla Qodiriy tavalludining 128 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni akademik litsey direktori mayor G'.J.Abdullayev ochib berib, buyuk adibning noyob durdona asarlari, nafaqat o‘zbek kitobxoniga, balki ko‘plab turkiy xalqlarga, shuningdek, dunyo kitobxoniga ham yaxshi tanish ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Akademik litseyning mohir pedagoglaridan biri Ummatova Mavjuda dastlab o‘quvchilarga adibning hayoti va ijodi bo‘yicha qiziqarli viktorina savollarini taqdim etdi. Qizg‘in munozaralarga boy bo‘lgan viktorinadan so‘ng, Abdulla Qodiriy ijodiy merosining ulkan ahamiyati va kelajak avlodni milliy qadriyatlarimiz,madaniyatimiz,anʼanalarimizga mehr ruhida tarbiyalashdagi muhim o‘rnini eʼtirof etdi.

Shundan so‘ng akademik litseyning isteʼdodli va faol o‘quvchilari ijrosida Abdulla Qodiriy tomonidan yaratilgan sermazmun sheʼrlar yod etilib, "O‘tkan kunlar" va "Mehrobdan chayon" romanlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.

Ayniqsa, “O‘tgan kunlar” romanidan ijro etilgan sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarning qalbiga Vatan ozodligining naqadar buyuk tuyg‘u ekanligi, uning nechog‘li muqaddas tushuncha ekanligini yana bir bora singdira oldi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga va viktorina g‘oliblariga litsey rahbariyatining faxriy yorlig‘i hamda badiiy kitoblar topshirildi.

Text to speech