Boyovut tumanida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Boyovut tumani Olmazor MFYda joylashgan 2-sonli maktab internatida Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi xodimlari, tuman Bandlikka koʻmaklashish Markazi xodimlari hamda tuman Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan hamkorlikda hozirgi kunda vaqtincha ishsiz boʻlgan fuqarolar, nazorat ostidagi shaxslar, Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashga majbur boʻlganlarni bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Boyovut tumanida yashovchi ish bilan band boʻlmagan oila aʼzolarni ish bilan taʼminlash maqsadida oʻtkaziladigan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tumandagi bandligi taʼminlanmagan ishsiz fuqarolarni, mehnat migrantlarini hamda tumandagi ishsiz yoshlar, bitiruvchilar, tuman IIO Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz boʻlgan nazorat ostidagi shaxslarni ish bilan taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha oʻtkazilgan “Boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlari” mehnat yarmarkasi quyidagi tartibda boʻlib oʻtdi.
Boyovut tumanida 2021-yil 22-sentyabr kuni Boyovut tumani Bandlikka koʻmaklashish markazi xodimlari, tuman Ichki ishlar organi Probatsiya guruhi xodimlari, tuman Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda tumandagi Probatsiya guruhi hisobida 30 yoshcha boʻlgan nazorat ostidagi shaxslarni bandligini taminlash hamda bandligi taʼminlanmagan ishsiz fuqarolarni, mehnat migrantlarini, shuningdek oʻrta va oliy taʼlim bitiruvchi yoshlarini bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan “Boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlari” mehnat yarmarkasini oʻtkazish Boyovut tumani Bandlikka koʻmaklashish markazi maʼmuriy binosida boʻlib oʻtdi.
Ushbu oʻtkazilgan “Boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlari” yarmarkasi tadbiriga 10 ta korxona va tashkilotlar oʻzlarining koʻrgazmali qurollari va stendlari bilan boʻsh ish oʻrni “Toza hudud” DUK, “Tibbiyot birlashmasi” va “Hudud Gaz” AJ, Stella Modda MCHJ tikuv fabrikasi, “Boyovut Bunyodkor” gʻisht ishlab chiqarish MCHJ, “Obodonlashtirish boshqarma”lari jami 50 ta boʻsh ish oʻrni bilan tadbirda ishtirok etib, “Boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlari” yarmarkasida qatnashdilar.
Ushbu tadbirda korxona va tashkilotlardagi tuzilmaviy oʻzgarishlar, bozor islohotlari davrida bosqichma-bosqich oʻtishning mohiyati va shu davrda ishchi xizmatchilarning ish joylarini qisqartirilishi tufayli ularga beriladigan kafolatlar tadbir qatnashchilari eʼtiboriga tuman Madaniyat boʻlimi va Yoshlar Ittifoqi bilan birgalikda tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni afzallik tomonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartiblari toʻgʻrisida aholiga huquqiy maslahatlar berildi.
Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz boʻlgan nazorat ostidagi shaxslardan 9 nafari ishtirok etdi, 2 nafari Boyovut tumani Uchturgon MFYda joylashgan gʻisht ishlab chiqarish zavodiga ishga joylashtirildi. 7 nafar nazorat ostidagi shaxslarga mutaxassisligidan kelib chiqqan holda boʻsh ish oʻrinlari taklif etildi.
Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi