Boyovut tumanida “Gender tengligi kafolatlari xamda xotin- qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning asoslari” toʻgʻrisida psixologik trening boʻlib oʻtdi.
Ushbu treningni psixolog D.Reyimbayeva, xokim oʻrinbosari U.Qoʻshbekova xamda tuman IIB XPB XQMB katta inspektori S.Tursunboyevalar hamkorligi asosida Boyovut tumanining barcha mahalla mutaxassislarini yaʼni mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻyicha rais oʻrinbosarlarini jamlagan xolda mahallada istiqomat qiluvchi ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning eng samarali usullari, oʻz joniga yoki oʻzgalar hayotiga qasd qilishga moyil boʻlgan ayollarimiz bilan ishlashning samarali usullari, himoya orderlari aynan qaysi murojaatlar orqali berilishi va qaysi toifa ayollarga berilishi haqida maʼlumotlar berib oʻtildi xamda qiynalgan va tazyiq ostida qolgan ayollarimizga psixologik maslahat berishning eng oson usullari tushuntirib oʻtildi.
Barcha mahalla mutaxassislari ushbu trening mashgʻulotidan oʻzlariga kerakli boʻlgan usullarni oʻrganganlaridan oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.