10 Avgust 2023 yil 675

Boyovut tumanida 1 bosh qoramol o‘g‘irlandi.

Boyovut tumani IIBga ariza bilan Boyovut tumani, Anorzor MFYda yashovchi fuqaro M.A murojaat qilib, arizasida yashash uyi tomorqasida bog‘liq turgan 1 bosh qoramolini nomaʼlum shaxs o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.

Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni 1998 yilda tug‘ilgan, Guliston shahar, Namuna MFYda yashovchi X.D sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalil olingan.

Mazkur holat yuzasidan Boyovut tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro X.Dga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-m 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech