28 Yanvar 2022 yil 572

Boyovut tumani nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan sayyor sud bo’lib o’tdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Boyovut tumani sudining ochiq sud majlisida Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi hisobidagi jazo muddatini o’tayotgan nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan sayyor sud bo’lib o’tdi.
Jumladan Ozodlikni cheklash jazosini o’tayotgan nazorat ostidagi shaxs M.Z, Axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan T.D, F.S, B.G, N.S, Q.I, N.O, S.E, X.S, A.Blar Boyovut tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik J.E.Abramov tomonidan O‘z.Res JKning 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan oldin shartli ozod etish to‘g‘risida JIB Boyovut tumani sudiga taqdimnoma kiritdi.
Bundan tashqari nazorat ostidagi shaxslar E.A, N.S, K.Sh, M.A lar mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosidan, o‘zlarining shaxsiy iltimosnomasiga ko‘ra, JIB Boyovut tumani sudi tomonidan o‘rganilib chiqilib, o‘zining iltimosnomasiga asosan muayyan huquqdam mahrum qilish jazosini o‘tayotganlardan 4 nafari, Boyovut tumani IIB boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan Axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan 10 nafar shaxslar JIB Boyovut tumani sudining ajrimi bilan jami 15 nafari nazorat ostidagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin jazo o‘tashdan shartli ozod etildi. Sud jarayonida jami 15 nafar nazorat ostidagi shaxslar qatnashdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Boyovut tumani sudining ochiq sud majlisida, Raislik qiluvchi: Sh.S.Ismailov, sudya yordamchisi B.Bekto‘rayevlarning kotibligida hamda Boyovut tumani Prokurori yordamchisi R.Xurramov, Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan U.Tog‘aevlar ishtirok etdi

Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi

Text to speech