15 Noyabr 2021 yil 527

Boyovut tumani Bandlikka ko‘maklashish Markazida vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolar, nazorat ostidagi shaxslarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Boyovut tumanida yashovchi ish bilan band bo‘lmagan oila a’zolarni ish bilan ta’minlash maqsadida o‘tkaziladigan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tumandagi bandligi ta’minlanmagan ishsiz fuqarolarni, mehnat migrantlarini hamda tumandagi ishsiz yoshlar, bitiruvchilar, tuman IIO Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan nazorat ostidagi shaxslarni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha  “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Boyovut tumanida 2021 yil 11 noyabr kuni Boyovut tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari, tuman Ichki ishlar organi Probatsiya guruhi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi Probatsiya guruhi hisobida 10 nafar  nazorat ostidagi shaxslarni bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari “ mehnat yarmarkasini o‘tkazish Boyovut tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi ma’muriy binosida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘tkazilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” yarmarkasi  tadbiriga 3 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining ko‘rgazmali qurollari va stendlari bilan bo‘sh ish o‘rni  “Golden Osiyo Senter Go” MChJ, Stella Modda MChJ tikuv fabrikasi “Boyovut Bunyodkor” g‘ish ishlab chiqarish MChJ jami 20 ta bo‘sh ish o‘rni bilan tadbirda ishtirok etib, «Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari» yarmarkasida qatnashdilar.

Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan nazorat ostidagi shaxslardan 8 nafari ishtirok etdi, 2 nafari Boyovut tumani Uchturgon MFYda joylashgan G‘IShT ishlab chiqarish zavodiga ishga, 1 nafari Stella Modda MChJ tikuv fabrikasiga joylashtirildi. 5 nafar nazorat ostidagi shaxslarga mutaxassisligidan kelib chiqqan holda bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. 

   Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi

Text to speech